Yaponiyada SamAvto zavodida avtomashinalar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning ITOCHU Corporation kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda “ITOCHU Corporation” kompaniyasi vakillari “ITOCHU Corporation” va Oʻzbekiston kompaniyalari oʻrtasida yaqin hamkorlik boʻyicha toʻplangan tajriba va Oʻzbekistondan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli aloqalar yo'lga qo'yilganligi hamda qo'shma loyihalar amalga oshirilayotganligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuvda yapon kompaniyasi vakillari ham “SamAvto” zavodida avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik muhimligini tasdiqladilar.

Uchrashuv so‘ngida ITOCHU korporatsiyasi vakillari ISUZU va ITOCHU korporatsiyasi Samarqand avtomobil zavodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya kiritishi haqida ta'kidlab o'tdilar.