Yashnobod tumanidagi Texnoparkda SSP Toshkent shahar rahbari Jalilov Ulmas Vasilovich boshchiligida Qozog'iston-O'zbekiston biznes-forumi bo'lib o'tdi

Tadbirda ikki davlat organlari vakillari, ishbilarmon doiralar hamda milliy kompaniyalar a’zolari ishtirok etdi.
Kirish so’zi bilan Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxo'jaev hamda Ostona Diplomatik klubi (Qozog'iston) prezidenti Kayrbolat Saxmetov chiqish qildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag'batlantirish agentligi rahbari G'ulomov Baxodir o’z chiqishida Qozog’istonning investitsiyaviy imkoniyatlari va eksport salohiyati, ikki qardosh davlatning savdo va iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarining afzalliklari haqida so’z bordi.

Biznes-forumda ikki davlat ishbilarmonlari doirasi o’rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Unda agrosanoat majmuasi, yengil va oziq-ovqat sanoati, qurilish, kimyo sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalardagi hamkorlik va kelishuvlar masalasi muhokama etildi.