Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi hamda Germaniyaning Maykl Zukkov o‘rtasida memorandum imzolanadi

Oʼzbekiston Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi, Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish uyushmasi hamda Germaniyaning «Maykl Zukkov jamgʼarmasi» oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish uyushmasi raisi E.Hayitov, «Maykl Zukkov jamgʼarmasi» Tabiatni muhofaza qilish loyihasi jamgʼarmasi koordinatori Yens Vunderlix bilan uchrashdi.

Dastlab, uyushma raisi bugungi kunda sohaga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berdi. Maykl Zukkov jamgʼarmasi masʼul xodimlari ham, faoliyatlari yuzasidan toʼliq maʼlumot berib oʼtdi.

Shundan soʼng, ikki tomonlama hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida imzolanishi rejalashtirilgan memorandum bandlari muhokama etildi. Tomonlar hamkorlik doirasida degradatsiyaga uchragan yaylovlar holatini yaxshilash boʼyicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning chora-tadbir rejasi birma-bir koʼrib chiqildi.