YeI Rossiya nefti importini yarim yilga to‘xtatmoqchi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishda davom etmoqda. “Thye Wall Street Journal” xabariga ko‘ra, YeI sanksiyalar doirasida Rossiya neftini import qilishni yarim yilga to‘xtatmoqchi.
“Oltinchi sanksiyalar paketi 4-may kuni YeI mamlakati ma’qullagandan keyin taqdim etiladi, deyilgan xabarda. Mazkur qaror yarim yil davomida Rossiya nefti importini to‘xtatishni ta’minlaydi. Neft mahsulotlarini sotib olishdan butunlay voz kechish jarayoni 2022-yil so‘ngiga qadar yakunlanadi.
Shuningdek, Xitoydagi xususiy neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini sotib olishda faollashdi, deb xabar bermoqda “Finansial Times” nashri.






