Yengil avtomobillar importi qariyb 2 baravarga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʼzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.