Yengil avtomobillar importi qariyb 7 mingtaga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʼzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu muddatda Oʼzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Bular:

Xitoy – 7950 ta;
Koreya – 5658 ta;
Qozogʼiston – 3422 ta;
Rossiya – 1283 ta;
АQSh – 204 ta;
BАА – 95 ta;
Yaponiya – 78 ta;
Germaniya – 53 ta.