Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʼzbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.

2022-yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Аvtomobil benzini – 382,3 ming tonna
Koʼmir – 1,6 mln. tonna
Neft – 248 ming tonna
Gaz kondentsati – 459 ming tonna
Yengil avtomobil – 95 023 dona
Аvtobus – 247 dona
Yuk avtomobillari – 1188 dona
Аvtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona