Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 41 mingtaga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʼzbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 40 680 taga oshgan.

2022-yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Аvtomobil benzini – 475 ming tonna

Koʼmir – 2,1 mln. tonna

Neft – 318 ming tonna

Gaz kondentsati – 555 ming tonna

Yengil avtomobillar – 126 474 dona

Аvtobus – 376 dona

Yuk avtomobillari – 1596 dona

Аvtomobil dvigatellari – 94,1 ming dona