Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 52 mingtaga oshgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko’ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 160 523 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Avtomobil benzini – 563 ming tonna
Ko‘mir – 2,5 mln. tonna
Neft – 383,4 ming tonna
Gaz kondensati – 655,4 ming tonna
Yengil avtomobillar – 160 523 dona
Avtobus – 483 dona
Yuk avtomobillari – 2 166 dona
Avtomobil dvigatellari – 116,3 ming dona