Yer aholisi soni 8 milliardga yaqinlashdi

Yer aholisi taxminan 8 milliard yaqinlashdi, erkaklarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 71 yil, ayollar esa 76 yil.

Dunyoning rivojlangan mintaqalarida aholining o'sishi yiliga 0,1%, rivojlanayotgan davlatlarda esa — yiliga 2,2%, ya'ni 22 barobar ko'p. Yer aholisining bu va boshqa ma'lumotlari BMTning Aholishunoslik jamg'armasi hisobotida keltirilgan.

BMT Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) 2022 yilda yer aholisi to'g'risidagi hisobotni taqdim etdi. Dunyo aholisining umumiy soni 7 milliard 954 million bo'lib, ulardan 0 dan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar 25%, 15 dan 64 yilgacha bo'lgan aholi 65%, 65 va undan yuqori yoshdagi odamlar 10%.