Yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi

"Bu tarixiy imkoniyat bo‘ladi. Yerni haqiqiy egasi — xalqqa beramiz" - deb ta'kidladi yurtboshimiz.

Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlagan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, 6 oy avval yoshlarga yer ajratish bo‘yicha topshiriq berilganligi, yerni adolatli taqsim qilish, yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha bu tajriba bo'lganligi va har bir hudud rahbari tizimni tushunib ishlay olsa, ishsizlar keskin kamayishi ta'kidlandi.

Bosh vazir o‘rinbosarlariga talab qattiq bo‘ladi. Mana ko‘ryapsizlar, Samarqandda, Farg‘onada «yer sotuvchilar» paydo bo‘ldi. Pora bilan qo‘lga tushyapti. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi. Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi Prezident.