Toshkent metrosining Yer usti halqa yoʼli harakati vaqtincha toʼxtatiladi

Joriy yilning 18-fevral kuni metropolitenning “Yer usti halqa yoʼli” yoʼnalishida poyezdlar harakati bir kunga toʼxtatiladi.

“Toshkent metropoliteni” DUKning maʼlum qilishicha, metroning ushbu yoʼnalishi toʼxtashi — metro temir yoʼllarida bajarilayotgan qurilish ishlarning soʼnggi bosqichi amalga oshirilishi bilan bogʼliq.

Qayd etilishicha, “Yer usti halqa yoʼli” yoʼnalishi 19-fevral kunidan doimiy jadval asosida oʼz harakatini davom ettiradi.