Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi

Toʼrtinchi yoʼnalish - tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasidir. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
“Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning eʼtiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yaʼni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin boʼladi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qoʼyish bilan bogʼliq.
Misol uchun, oʼtgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar koʼp mol-mulk xatlangan (1,5 trillion soʼm).
Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan koʼrib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.
“Oʼylaymanki, shundagina adolat boʼladi”, - dedi davlatimiz rahbari.






