Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun 9 mlrd yevro moliyaviy yordam ajratadi

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskining ma'lum qilishicha, Yevropa Ittifoqining navbatdagi sammiti yakunlari bo‘yicha tashkilot Ukrainaga 9 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratishga qaror qilgan.

“Ukraina urush holatida va ular ayni damda ko'plab davlat xizmatlari uchun pul to'lay oladigan holatda emas. Shuning uchun biz 9 mlrd yevro yordam ajratishni ma'qul deb topdik”, — deya Moravetskining so'zlaridan iqtibos keltiradi tashkilot “Twitter” sahifasi.

Avvalroq, “katta yettilik” davlatlarining Ukraina uchun 30 millard yevro miqdorida moliyaviy ko'mak berish niyatida ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.