Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozef Borrel Samarqandga keldi

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozef Borrel Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.

P.S. Yevropa diplomatiyasi rahbari "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" formatidagi yirik tadbirlarda ishtirok etadi.