Yevropa kosmik agentligi Yupiterga missiya yubordi

Bugun, 14-aprel kuni Yevropa kosmik agentligi Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan Yupiterga “Ariane 5” raketasi orqali maxsus missiyasini yubordi.
1,6 milliard yevrolik loyiha Jupiter Icy Moons Explorer (Juice) deb nomlanadi. Missiyaning maqsadi — Yupiterning yo‘ldoshlarida hayotni ta’minlash uchun zarur sharoitlar mavjudligini aniqlash.
Stansiya 2031-yilning iyulida Yupiterga (Yerdan 628 mln km) yetib borishi kerak. Ilmiy missiya 2035-yil sentyabr oyida yakunlanadi.
Juice'ning asosiy vazifasi bevosita hayotni topish emas, balki u paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitni aniqlashdir. Agar Yupiter, gaz sayyorasi yashash uchun yaroqsiz bo‘lsa, uning yo‘ldoshlari Yevropa va Ganimed ideal nomzodlardir: muzli yuzasi ostida ular suyuq suvdan iborat okeanlarni o‘z ichiga oladi — faqat suyuq suv hayot paydo bo‘lishiga imkon beradi.






