Yevropada har yili havoning ifloslanishidan 1200 dan ortiq yoshlar vafot etyapti

Yevropa atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi 24-aprel kuni e'lon qilgan hisobotiga ko'ra, havo ifloslanishi har yili Yevropada 1200 dan ortiq bolalar va o'smirlarning o'limiga sabab bo'lmoqda. Bu Yevropa aholisining umumiy soniga nisbatan past bo'lsa-da, kelajakdagi potentsialning yo'qolishini va surunkali kasalliklarning koʻpayishini anglatadi.
Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, havoning yuqori darajada ifloslanishi astma bilan kasallanganlarning koʻpayishiga olib keladi. Yevropadagi bolalar va o'smirlarning 9 foizi allaqachon ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda.
Qisqa vaqt ichida bolalar uchun foydali bo'lgan amaliy yechimlardan biri sifatida maktablar atrofidagi havo sifatini yaxshilash uchun yashil maydonlarni ko'paytirish aytib oʻtilgan.






