Yevropada koronavirus yana avj olmoqda

Belgiyada koronavirus tashxisi bilan har kuni kasalxonaga yotqizilganlar soni bir hafta ichida 32 foizga oshdi. Bu esa COVID-19 tarqalishi tezlashayotganini bildiradi.

Shu bilan birga, xuddi shu davrda koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning o‘lim darajasi 18 foizga kamaygan.

Yana bir qancha Yevropa mamlakatlarida ham COVID-19 bilan kasallanish darajasi oshib bormoqda. Bir kun oldin Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Brijit Burguignon fransuzlarni jamoat transportida yana niqob taqishga chaqirdi. U infeksiya tarqalishining yangi to‘lqini tufayli hushyor bo‘lish zarurligi haqida ogohlantirdi. Mamlakatda har kuni 60 mingga yaqin yangi holatlar qayd etilmoqda.