«Oʼztemiryo’lkonteyner» AJ o’rta koridor orqali Yevropaga ilk konteyner poyezdini yubordi

“Oʼztemiryo’lkonteyner” AJning xabar berishicha, "OKMK" АJ yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborilgan. Qayd etilishicha, konteyner poyezdi "Oʼzbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/ Yevropa" yoʼnalishi boʼylab 4000 km dan ortiq masofani bosib oʼtadi.
16-dekabr kuni jo'nagan ushbu yuk poyezdi mis kontsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan.
Shuningdek, ta’kidlanishicha ushbu poezd xorijiy hamkorlar Turkmanistondan - "TLTsT" OАJ, Ozarbayjondan - ADY Container LLC va Gruziyadan - GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirilgan.






