Yevropani energiya tanqisligi kutmoqda

Sovuq fasllar kirib kelgan sayin, energiya narxi tobora ko‘tarilib bormoqda.
Yevropada ming kub metr gazning birja narxi 1900 dollardan oshdi va yangi rekord qayd etildi.
Bu o‘z navbatida Yevropa davlatlarning 80 milliondan ortiq aholisini xavotir olishiga sabab bo‘ldi. Ular gaz va svet xarajatlarini to‘lay olmasligi mumkin. Uzoq muddatli pandemiya energiya tanqisligini keltirib chiqargan omillardan biri.
Euronews belgiyalik mutaxassis Aleksandr Vivyerning bu borada fikrlarini chop etdi.
Uning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik haddan tashqari ko‘p elektr energiyasini iste’mol qilmoqda, ammo elektr energiyani faqat ovqat isitish uchun ishlatadiganlar nima qiladi: tabiiyki ular qulayliklardan voz kechadi. Bu energiya tanqisligining bir turi.
“Yevropa Ittifoqi rahbarlari ushbu tanqislikdan aholini qutqarishi lozim. Yagona qutqaruv tizimi ishlab chiqish kun tartibida qo‘yish kerak.
Ekspertlar narxlar yana o‘sishini prognoz qilmoqda. Ittifoqqa a’zo davlatlar energiya ishlab chiqarishni alternativ yo‘llarini izlashi lozim.”
Bundan tashqari, Vivyer, “Yevropa davlatlari hukumatlari energiya xarajatlariga kiritilgan soliqlar va yig‘imlarni tartibga soluvchi tizim yaratishi kerak” deb hisoblaydi.
“Misol uchun, muhtoj fuqarolarga bir martalik yordam”.
Yevropa Ittifoqi rahbarlari hozirgi energiya inqirozidan chiqish yo‘lini izlashda davom etarkan, inson huquqlari poymol bo‘lmoqda. Faollar kommunal to‘lovlardan qarzi bor fuqarolarni jazolamaslikka chaqirmoqda.






