Yevropaning eng boy davlati Ukrainaga 1 milliard yevro ajratadi

Norvegiya Ukrainaga 1 milliard yevro ajratmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Yonas Gar Stere Vladimir Zelenskiy bilan o’tkazilgan uchrashuv davomida maʼlum qilgan.

"Men bugun bu yerga Norvegiya Ukraina xalqi bilan birga ekanini aytgani keldim... Biz sizning davlatingiz uchun 2022-yil oxiri — 2023-yilgacha 1 milliard yevro ko‘mak berishga vaʼda beramiz", — degan u.

Zelenskiy, shuningdek Yonas Gar bilan harbiy yordam masalasini ham muhokama qilgan. Norvegiya Bosh vaziri raketa zarbalaridan aziyat chekkan hududlarni borib ko‘rgan.