Yevrozona foiz stavkalari 11 yil ichida birinchi marta oshiriladi

Yevropa Markaziy Banki (YEMB) yevrohududda o‘sib borayotgan inflyatsiyani nazorat qilishga urinar ekan, kelgusi oy 11 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta foiz stavkalarini oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
YEMB iyul oyida asosiy foiz stavkalarini 0.25% ga oshirishini ta’kidladi.
Shuningdek, yil oxirida yana bir bor oshirish rejalashtirilgan.
Bank shuningdek, 1-iyulda obligatsiyalarni sotib olishni rag'batlantirish dasturini tugatish niyatida. YEMBning asosiy siyosat foiz stavkasi hozirda -0.50% da va u sentabr oyi oxirigacha nolga yoki undan yuqoriga qaytishi mumkin, deya xabar berdi bank. Oxirgi marta yevrozona foiz stavkalarini 2011-yilda oshirgan edi.
Energetika va oziq-ovqat narxlari oshgani sababli may oyida inflyatsiya "yana sezilarli darajada oshdi", deya qo'shimcha qildi bank rahbariyati.
YEMB, shuningdek, Yevrozona uchun o'sish prognozini 2022-yil uchun 3,7 foizdan 2,8 foizga va 2023-yil uchun 2,8 foizdan 2,1 foizga tushirdi.
Bir qancha boshqa markaziy banklar allaqachon foiz stavkalarini oshirishni boshladilar. Sababi, ular energiya narxining oshishi fonida tezlashib borayotgan inflyatsiyani sekinlashtirishga harakat qilmoqdalar.






