YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonovaning YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jon Makgregor gender tengligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlarida va boshqa ko‘plab sohalarda xotin-qizlar soni sezilarli darajada oshganini, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni mustahkamlanganini ta’kidladi. Tomonlar gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, jumladan, ayollarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi