YEXHTning O'zbekistondagi koordinatori bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Per fon Arks bilan uchrashdi.

Do‘stona ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston-YEXHT hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilindi.

"Elchi Per fon Arks janoblarining mamlakatimizdagi faoliyati samarali bo‘lishiga ishonaman va bu yo‘lda unga katta muvaffaqiyatlar tilayman."- deya Sherzod Asadov o'z sahifasida ta'kidladi.