Yil boshidan buyon o`zbekistonliklarga 421,3 mlrd so'm keshbek to’landi

Davlat soliq qo’mitasi xabariga ko’ra, joriy yilning avgust oyi uchun 787 937 nafar iste’molchiga 80,9 mlrd so’m keshbek to’langan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida yanvar-iyul oylari uchun yana 2,7 mlrd so’m keshbek tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon 1 168 591 nafar fuqaroga 421,3 mlrd so’m keshbek to’lab berilgan.






