Yil yakuniga qadar 14 ta yirik savdo kompleksi ishga tushiriladi

2023-yilda poytaxtda aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Yangi ish oʼrinlarini yaratish boʼyicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qoʼllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi.

Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʼm kredit yoʼnaltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard soʼm imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:

    14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash;
    57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obʼektlarini ishga tushirishga koʼmaklashish topshirildi.