Yil yakuniga qadar bojxona koʼrigi jarayonlarini toʼliq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi

Shuningdek, davlatimiz rahbari bojxona tizimida “korrupsiyadan xoli” dasturini amalga oshirish soha rahbarlarining eng ustuvor vazifasi boʼlishi shartligini koʼrsatib oʼtdi.

Topshiriqqa koʼra sohada zamonaviy komplaens tizimi joriy qilinadi. Bunda:

1-maydan boshlab yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi;

1-iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona koʼrigini oʼtkazish, imtiyozli deklaratsiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi;

1-sentabrdan boshlab barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali koʼrsatiladi;

yil yakuniga qadar bojxona koʼrigi jarayonlarini toʼliq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.

Umuman, bojxona xizmatlarini raqamlashtirishni 2022-yilda 70 foizga, 2023-yilda 100 foizga yetkazish boʼyicha dastur qabul qilish vazifasi qoʼyildi.