Yilning eng kutilgan DevFest Tashkent 2021 konferensiyasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari sohasi vakillari uchun navbatdagi DevFest Tashkent 2021 konferensiyasi tashkil etildi.
Ushbu yirik konferensiyada xalqaro ekspertlar mingdan ortiq ishtirokchilar bilan Android, Web, Dizayn, Al va Cloud texnologiyalari haqida o’z tajribalarini bo’lishadilar.






