Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Unga bosh vazir rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari etib ichki ishlar vaziri tayinlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilishi haqida ma’lum qildi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bo‘ladi.
Hududiy komissiyalarga esa hokimlar rahbar etib tayinlanadi. Komissiyalar yo‘llar holati va mavjud infratuzilma hamda avariya o‘choqlarini o‘rganadi.
Shuingdek, sohani ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish maqsadida Transport universiteti bilan hamkorlikda 3 oy muddatda Ilmiy-amaliy markaz tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Viloyatlardagi transport kollejlarida xuddi shunday hududiy markazlar ochiladi, ularga YHXB boshliqlari rahbarlik qiladi.






