Yo'l patrul xizmat xodimlari uchun yangi forma tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 13-sentabrdagi buyrug'i bilan YPX xodimlarining formasi tasdiqlandi.
Yangi forma Toshkent va Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan xodimlar uchun mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 2020-yilning fevral oyida Toshkentda yo'l-patrul xizmati xodimlariga tajriba sifatida yangi formali kiyim-kechak berildi.
Shuningdek, ichki ishlar vazirligining orkestr kiyimlari va qo'shiq va raqs ansamblini ta'minlash bo'yicha normalarga o'zgartirishlar kiritildi.






