Yomgʻir, doʻl va qor. Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga Oʻzbekistonning sharqiy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan salqin va nam havo massalari kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab momaqaldiroqli yomg‘irlar saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi havo harorati 20-25 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni Oʻzbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kunlari ba’zi joylarda qorga aylanadi.

Dam olish kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.