Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston yong‘in o‘chirish amaliy sporti federatsiyasi negizida O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasini tashkil etildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, endilikda mazkur federatsiya mamlakatimizda yong‘in-qutqaruv sporti, qutqaruvchilar ko‘pkurashi, yosh qutqaruvchi sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, sport orqali aholi, ayniqsa, yoshlarning yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni sport yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, FVV tizimida tashkil etiladigan boshqa har qanday sport turlari bo‘yicha madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda bu borada targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda mas’ul bo‘ladi.