Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit - Prezident maktablari Angliyada ham eʼtirof etildi

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-saytida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda iqtidorli o‘quvchilar haqida maqola chop etildi.

Maqolada Prezident maktablarining O‘zbekiston taʼlim tizimini o‘zgartirish uchun cheksiz imkoniyatlari qayd etilgan. Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida so‘z yuritiladi.

O‘quvchilardan o‘zi o‘qiyotgan maktabni bir so‘z bilan taʼriflash so‘ralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzu” deya javob berishgan...

Maqolada O‘zbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bekning Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirganligi, oradan qariyb 600 yil o‘tib O‘zbekistonning taraqqiyoti yo‘lida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirayotganligi haqida so‘z yuritilgan.