Yosh ammo muvaffaqiyatli brend!

"Tashkent Fashion Textile 2023" xalqaro moda ko'rgazmasi doirasida "Bright Uzbekistan" loyihasi turli soha vakillari bilan maxsus intervyular tashkil etmoqda.

Bizning birinchi suhbatdoshimiz moda ko'rgazmasini o'z kolleksiyasi bilan ochib bergan "Signora by Shateni" brendi menejeri Zarofat Adilxanova bo'ldilar.

Ta'kidlash joizki, "Signora by Shateni" kompaniyasi 2019-yilda tashkil etilganiga qaramasdan bugun xalqaro moda ko'rgazmasida o'z brendini namoyish etmoqda.