Yosh olimlar qisqa muddatli ilmiy stajirovka tanlovlari natijalari

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetiga hamda Turkiya Fanlar Akademiyasi va Turkiyaning “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e'lon qilingan maqsadli tanlovlar va boshqa tanlovlar yakuniy natijalari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi.
“Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to'g'risida” Nizomga va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Maxsus ekspert guruhining 2022-yil 6-iyundagi 92-son hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Kuzatuv kengashining 2022-yil 22-iyulda tasdiqlangan 4-son yig'ilish bayonlari qarorlariga muvofiq nomzodlar ro'yxati ma'qullandi va tasdiqlandi. Shu jumladan:
1-ilovaga muvofiq 46 nafar yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida g'olib nomzodlar yig'ma ro'yxati tasdiqlandi;
2-ilovaga muvofiq 100 nafar yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etilganligi to'g'risidagi yig'ma ro'yxati ma'qullandi.
Shu bilan birga, qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishni muvofiqlashtirish yuzasidan Maxsus ekspert guruhi tomonidan quyidagi taklif va tavsiya hamda xulosalar berildi:
Saralash jarayonida stajirovkaga borish muddati o'tib ketgan g'olib nomzodlar bo'yicha ularni tavsiya qilgan ilmiy yoki oliy ta'lim tashkiloti (keyingi o'rinlarda - Buyurtmachilar) tomonidan yangi muddatlar belgilangan qo'shimcha taklifnoma va stajirovka davrida amalga oshiriladigan ishlar dasturi (agar muddatlar ko'rsatilgan bo'lsa) Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o'rinlarda - Vazirlik) taqdim etilishiga imkoniyat (ruxsat) berildi.






