Yosh shaxmatchilarimiz tantanali kutib olindi

Bugun tunda jahon chempioni Umida Omonova, shuningdek, Humoyun Bekmuratov hamda Almas Rahmatullayevdan iborat shaxmatchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Yosh va umidli shaxmatchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Karimov, Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mas‘ullari, sportchilarning ota-onalari hamda OAV vakillari tantanali ravishda kutib olishdi.
Shaxmatchilarimizga erishgan yutuqlari uchun estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Maʼlumot uchun, Gretsiyadan qaytgan shaxmatchilarimiz bugundan Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Tashkent Open-2022” XV xalqaro turnirining 2-turidan bahslarga kirishadi.






