Yosh tadbirkorlarga 50 mln so‘m miqdorda grantlar ajratiladi

Prezident farmoni bilan 1-maydan turizm sohasida yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘m grant ajratiladi. Mablag‘lar O‘zbekistonga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan beriladi.

Moliya vazirligi esa 11 oy davomida Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oy qo‘shimcha 2,5 mlrd so‘mdan yo‘naltiradi.

Hujjatga ko‘ra, har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida grantlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan beriladi.
Shuningdek, moliya vaziri Timur Ishmetovga 2022-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-yanvarga qadar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oyda 2,5 mlrd (jami 27,5 mlrd) so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar Davlat budjetidan ajratilishini ta’minlash yuklatilgan.