Yosh tadbirkorlarga imtiyozlar

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, "yoshlar daftarchasi" ga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga yillik ijara xarajatlarining 30 foizi qoplanadi.

Lekin "yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan bazaviy hisob-kitob qiymatining 25 barobaridan ko'p bo'lmagan miqdorda kompensatsiya qilinadi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va "yoshlar daftarchasi" ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o'qitish xarajatlari davlat byudjetidan to'rt BRVgacha bo'lgan miqdorda qoplanadi, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatlariga badallar xarajatlari qoplanadi.