Yoshlar bilan ochiq muloqot

Bugun, 2021 yil 27 dekabr kuni soat 14:00da Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvda yoshlarning qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlari, sohani rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar, fikrlar va takliflar borasida muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtiriladi.