Yoshlar huquqlari bo'yicha jahon forumi

12-13 avgust kunlari O'zbekistonda yoshlar huquqlari bo'yicha jahon konferensiyasi bo'lib o'tadi, unda yoshlarni sifatli ta'lim va ish bilan ta'minlashga ko'maklashish chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.
Mazkur forum Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o'tkazilib, forum formati gibrid bo'lishi rejalashtirilgan. Ochilishga BMTning inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMTning yoshlar masalalari bo'yicha bosh kotibining elchisi Jayatma Vikramanayake, parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong, YEXHT Bosh kotibi Helga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari taklif etildi.
Konferensiyada 30 mamlakatdan 500 dan ortiq vakil ishtirok etadi.






