Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev “One Young World” sammitida ishtirok etadi

Germaniya Federativ Respublikasi Myunxen shahri kengashining bosh direktori Klemens Baumgartner hamda “One Young World” dasturi direktori Metyu Belshou tashabbuslari bilan joriy yilning 22-25-iyul kunlari Myunxen shahrida “One Young World” sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev, shuningdek Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, gollandiyalik tadbirkor Pol Polman, Irlandiyaning sobiq prezidenti Meri Robinzon, Nobel mukofoti sovrindori, professor Muhammad Yunus kabi mehmonlar ishtirok etishadi.

Mazkur safar davomida Germaniyada ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlarimiz bilan uchrashuv, shu bilan birga, Myunxen shahridagi yirik nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni reja qilingan.