Yoshlar siyosati va sport vaziri Belarus Respublikasi elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 21-fevral kuni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, murabbiylar va hakamlar, sportchilar oʻrtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish, xalqaro nufuzli musobaqalarni tashkil etishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mehmonga davlatimiz rahbari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar haqida maʼlumot berildi.