Yoshlar siyosati va sport vaziri Rossiya Federatsiyasining elchisi bilan uchrashdi

Bugun Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, murabbiylar va hakamlar, qolaversa sportchilar oʻrtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish, xalqaro nufuzli musobaqalarni tashkil etishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonga davlatimiz rahbari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar, hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.