«Yoshlar turizmi» mitingi

Joriy yilning 8-12-avgust kunlari Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Yoshlar turizmi” mitingi bo‘lib o‘tadi.
Mitingda 800 nafar ishtirokchi, jumladan, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston yoshlari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida sport musobaqalari, gala-konsert, ijodiy uchrashuvlar va obyektlar bo‘ylab sayohatlar o’tkazish rejalashtirilmoqda.






