Yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga 6,6 trln soʻm ajratiladi — Norboyeva

Ayni vaqtda Oʻzbekistonda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga 6,6 trln so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva maʼlum qildi.

Norboyevaga koʻra, mazkur ajratilishi rejalashtirilgan mablagʻ o‘tgan yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

“Xalqimiz siyosiy-huquqiy saviyasi dunyoqarashi butunlay o‘zgargan. Barcha islohotlar xalqni rozi qilish va inson qadrini oshirishga qaratildi”, deydi u.

Senat Raisining taʼkidlashicha, 2017 yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugungi kunda 2 mlndan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda. Ular uchun ajratilayotgan mablag‘lar 7 barobarga oshib, o‘tgan yil 11 trln so‘mga yetgan.