"Yoshlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman" - SH.Mirziyoyev

Habaringiz bor, Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi jamoasi yurtimiz ravnaqiga xissa qo'shayotgan, Yangi O'zbekistonni shakllantirishda be'minnat xizmat qilayotgan davlat tashkilotlari, vazirliklar, agentliklar hamda tadbirkorlik sub'ektlari bilan muntazam ravishda uchrashmoqda hamda hamkorlik masalalarini muhokama etmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev bilan bo'lib o'tdi.
Darxaqiqat, mamlaktimiz aholisining 60 foizidan ortig'ini tashkil etuvchi yoshlar, yurtimizning eng katta tayanchi va qudrati hisoblanai. Shu bois, o'tgan 2020 yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan davlat o'rgani, Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida agentlik rahbariga xalqaro loyihaning mazmun-mohiyati hamda vazifalari taqdimoti namoyish etildi.
Katta qiziqish bilan kutib olingan loyiha borasida, Alisher Zafarovich o'z takliflarini, fikrlarini bayon etdilar.
O'zaro xurmat doirasida bo'lib o'tgan uchrashuv so'ngida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.






