Yoshlarning biznes startaplari uchun 100 mln so‘mgacha grant ajratiladi

2021-yil 1-oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʼoyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan gʼolibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi.

Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablagʼlari beriladi.

Shuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda gʼolib deb topilgan mualliflarga:
- birinchi oʼrin uchun – 100 million soʼm;
- ikkinchi oʼrin uchun – 75 million soʼm;
- uchinchi oʼrin uchun – 50 million soʼm mukofot mablagʼlari ajratiladi.