Yosikava Yuumi O'zbekistonga tashrif buyurdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar oʻrinbosari Yosikava Yuumi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti doirasida transport, logistika, qayta tiklanadigan energiya, suvdan samarali foydalanish va ekologiya sohalaridagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani maʼlum qilindi.
Shuningdek, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.






