YouTube - bloklanishi mumkin bo’lgan navbatdagi ijtimoiy tarmoq

Аgar videoxosting Roskomnadzor talabini bajarmasa YouTube yaqin orada bloklanishi mumkin, deb ogohlantirdi Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqalar boʼyicha qoʼmitasi rahbarining oʼrinbosari Аnton Gorelkin.
«Instagramni bloklash masalasidagi davlat qarori – bu aniq ishora hisoblanadi. Аgar videoxosting axborot urushining quroli sifatida qoʼllanilishda davom etsa yaqin kunlarda YouTube bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi», dedi Gorelkin.
Uning aytishicha, Rossiya hukumatining YouTubeni bloklashga asosi yetarli. Platforma tomonidan qonunbuzarliklar roʼyxati juda katta. Bular “qonunga xilof va buzgʼunchilikka yoʼnaltirilgan” materiallarni bloklashdan boʼyin tovlash, Donbassda olib borilayotgan maxsus amaliyot boʼyicha ishonchsiz materiallar tarqatish, shuningdek, rossiyalik foydalanuvchilar huquqini pisand qilmaslik. Uning taʼkidlashicha, bunga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi.
Аvvalroq Roskomnadzor Bosh prokuratura talabi bilan Rossiya hududida Instagram ijtimoiy tarmogʼiga kirish taqiqlanganini maʼlum qilgandi, deydi "Rambler".






