YouTube mualliflardan daromadlari to'g'risidagi hisobotni taqdim etishlarini so'radi - aks holda, Qo'shma Shtatlar ularning to’lovlaridan 24 foizgacha soliq ushlab qolishni boshlashlari mumkin

2021 yil iyun oyidan boshlab Google AQSHda yashamaydigan YouTube mualliflari daromadlaridan AQSh soliqlarini ushlab qolishni boshlashi mumkin. Shuning uchun, kompaniya 31 mayga qadar Adsense ga soliq ma'lumotlarini taqdim etishni so'ramoqda.

Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, kompaniya AQSh soliqlariga tortilishi yoki tortilmasligini aniqlaydi. Agar ma'lumot taqdim etilsa - kompaniya soliq miqdorini hisoblaydi, agar taqdim etilmasa - barcha mamlakatlarda ro’yxatdan o’tgan muallifning daromadidan 24 foizgacha soliq ushlab qolishlari mumkin.

Bunday holat AQSh Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgarishtirishlar bilan bog'liq: AQSh soliq tizimida YouTube daromadlari royalti sifatida ko'rib chiqiladi.